Евразийский
научный
журнал
Заявка на публикацию

Срочная публикация научной статьи

+7 995 770 98 40
+7 995 202 54 42
info@journalpro.ru

Rus-o`zbek va lotin-o`zbek yozuvlari grafik tizimlarining qiyosiy tavsifi

Поделитесь статьей с друзьями:
Автор(ы): Eshonqulova Muqaddam Rasulovna, Qurbonova Matluba Shomurotovna, G’apporova Hulkar Egamberdiyevna, Aliboyeva Go’zal Alisherovna
Рубрика: Филологические науки
Журнал: «Евразийский Научный Журнал №9 2018»  (сентябрь, 2018)
Количество просмотров статьи: 3754
Показать PDF версию Rus-o`zbek va lotin-o`zbek yozuvlari grafik tizimlarining qiyosiy tavsifi

Eshonqulova Muqaddam Rasulovna
Sho’rchi tumani 36- maktabning ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi,

Qurbonova Matluba Shomurotovna
Sherobod tumani 42-maktabning ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi,

G’apporova Hulkar Egamberdiyevna
Uzun tumani 61-maktabning ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi,

Aliboyeva Go’zal Alisherovna
Angor tumani 3- maktabning ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi.

Rus-o`zbek alifbosida 35 harf bor (shu jumladan, ikkita diakritik harf:). Lotin-o`zbek alifbosida 29 harf bor, shulardan 3 tasi (sh, ch, ng) qo`shma harflardir. Ular grafemikada, yuqorida aytib o`tilganidek, digraflar yoki poligraflar sanaladi.

Har ikki yozuv tizimida monograflar ko`pchilikni tashkil qiladi, ularning aksariyati yozma nutq oqimida oddiy grafemalar sifatida qatnashib, harf va tovush aloqasida fonetik-grafik (fonografik) simmetriyani — „bir tovushga bir harf” munosabatini ta`minlaydi. Qiyos qiling: maktab (fonemalar — 6 ta, grafemalar — 6 ta, harflar — 6 ta) — maktab (fonemalar — 6 ta, grafemalar — 6 ta, harflar 6 ta) kabi. Fonetik-grafik simmetriya yozuv amaliyotida ijobiy hodisa sifatida baholanishi mumkin, chunki u tez va ravon o`qish ko`nikmasining shakllanishiga yordam beradi. 3. Rus-o`zbek yozuvining grafik tizimida ikkita poligraf (shch, ng digraflari) bor. Lotin-o`zbek yozuvining grafik tizimida esa poligraflar ancha ko`p: sh, ch, ng, ts, shch, ya, yu, yo kabi.

Alifboda ulardan uchtasi (sh, ch, ng) rasman qayd etilgan, qolganlarining yozma nutq oqimida ishlatilishi qoidalashtirilgan: konstitutsiya (ts = „ts”), meshchan (shch = „щ”), slavyan („slavyan” so`zidagi „ya” o`rnida „ya”), byuro („byuro” so`zidagi „yu” o`rnida „yu”), aktyor („aktyor” so`zidagi „yo” o`rnida „yo”) kabi. 4. Rus-o`zbek va lotin-o`zbek yozuvlarining grafik to`qimalaridagi belgilarning (grafemalarning) qiyosiy tavsifida yana bir jiddiy farqning borligi ko`zga tashlanadi, bunday farq masalaning statistik tomoniga taalluqli ekanligi bilan xarakterlidir. Buni „O`zbek tilining imlo lug`ati” (1976 y.) misolida shunday izohlash mumkin: Lug`atdagi barcha so`zlar — 65000, shulardan 4140 tasi „A” harfi bilan boshlanadi. „A” harfi bilan boshlangan so`zlar tarkibida „sh”, „ch”, „ң”, „ts”, „щ” fonemalarining qo`llanish chastotasi quyidagicha: — „sh” fonemasi 573 so`z tarkibida bor (13,5%). — „ch” fonemasi 481 so`zda qo`llangan (12%). — „ң” fonemasi 93 so`zda uchraydi (2,24 %). — „ts” fonemasi 133 so`zda mavjud (3 %). — „щ” fonemasi 1 tagina so`zda qo`llangan .

Demak, 4140 so`zdan 1280 tasida „sh”, „ch”, „ң”, „ts”, „щ” fonemalari ishtirok etgan. Rus-o`zbek yozuvida shulardan ikkitasi — „ң” va „щ” fonemalari analitik grafemalar (ng va shch digraflari) bilan, lotin o`zbek yozuvida esa 5 tasi — „ң”, „щ”, „sh”, „ch”, „ts” fonemalari analitik grafemalar (ng, shch, sh ,ch, ts poligraflari) bilan ifodalanmoqda. Bu hol analitik grafemalar (digraflar, poligraflar) tufayli sodir bo`ladigan fonografik asimmetriya hodisasining lotin o`zbek yozuvida ancha keng tarqalishiga sabab bo`lmoqda. Qiyos qiling: xushchaqchaq (fonemalar — 9 ta, grafemalar — 9 ta, harflar — 9 ta) — xushchaqchaq (fonemalar — 9 ta, grafemalar — 9 ta, harflar — 12 ta), shoshilinch (fonemalar — 8 ta, grafemalar — 8 ta, harflar — 8 ta) — shoshilinch (fonemalar — 8 ta, grafemalar — 8ta, harflar — 11 ta), meshchan (fonemalar — 5 ta, grafemalar — 5 ta, harflar — 6 ta) — meshchan (fonemalar — 5 ta, grafemalar — 5 ta, harflar 8 ta: ruscha „щ” fonemasi lotin o`zbek yozuvida 4 ta harf qo`shilmasi vositasida ifodalangan).

Yuqoridagi tahlildan ko`rinib turibdiki, yozma nutq oqimida yuz berishi mumkin bo`lgan fonetik-grafik asimmetriya hodisasi rus-o`zbek yozuvida kam uchraydi, lotin-o`zbek yozuvida esa u ancha ko`p tarqalgan. Ayniqsa, „sh”, „ch” fonemalarining qo`llanish chastotasi behad faol ekanligini (13,5 % + 12 %= 25,5 % bo`lishini) hisobga olsak, lotin-o`zbek yozuvidagi fonografik asimmetriyaning keng tarqalishiga sabab bo`lgan va bo`layotgan omillarni bilib olish qiyin emas. Bunday asimmetriya esa, o`z navbatida, tez va ravon o`qish ko`nikmalarining shakllantirilishiga xalaqit bermoqda. Demak, uni (asimmetriyani) yozuv amaliyotining pedagogikpsixologik aspektidagi ijobiy hodisa deb baholab bo`lmaydi.

5. Rus-o`zbek yozuvining grafik tizimida rus tili orqali o`zlashtirilgan so`zlar tarkibidagi qattiq va yumshoq undoshlarni farqlash sistemasi bor, bu sistema yozma nutq oqimida qattiq undoshni ifodalovchi harflardan so`ng a, o, u harflarining, yumshoq undoshlarni ifodalovchi harflardan so`ng esa i, e, yo, yu, ya harflarining va yumshatish (`) belgisining qo`llanishiga asoslanadi. Lotin-o`zbek yozuvining grafik tizimida esa bunday sistema yo`q, bunga o`zbek tili konsonantizmida qattiqlik-yumshoqlik oppozitsiyasining (zidlanishining) yo`qligi asos qilib olingan. Qiyos qiling: ukol va parol` (rus-o`zbek yozuvida) — ukol va parol (lotin-o`zbek yozuvida), plug va plyus (rus-o`zbek yozuvida) — plug va plus (lotin — o`zbek yozuvida), kislota va slyot (rus-o`zbek yozuvida), kislota va slot (lotin — o`zbek yozuvida) kabi. Lotin-o`zbek yozuvining bu xususiyati o`zbek yozuvining milliy pozitsiyalarini mustahkamlash uchun xizmat qiladi, ammo uning ayrim ruscha-baynalmilal o`zlashmalarning fonetik-orfoepik xususiyatlarini yozuvda to`g`ri ifodalash imkoniyatlarini cheklab qo`yayotganligi ham shubhasiz. Qiyos qiling: motor va aktyor (rus-o`zbek yozuvida) — motor va aktor (lotin — o`zbek yozuvida), parad va naryad (rus — o`zbek yozuvida) — parad va narad (lotin-o`zbek yozuvida), futbol va byuro (rus-o`zbek yozuvida) — futbol va buro (lotino`zbek yozuvida) kabi. Bu tipdagi o`zlashma so`zlarni ruscha me`yor asosida talaffuz qilish ko`pchilik o`zbeklarda nutqiy ko`nikma holiga kelib qolganligini hisobga olsak, ularni yozuvda ham aks ettirish zarurati borligi ma`lum bo`ladi. Shuning uchun Sh.U. Rahmatullaev "O`zbek tilining asosiy imlo qoidalari„ga quyidagi ilovani kiritadi: „... so`zning talaffuzi keskin o`zgarib ketmasligi uchun ba`zan yo, yu, ya harflari yoziladi: boksyor — boksyor, byuro — byoro, slavyan — slavyan kabi”. Bu ilova yuqoridagi muammoni bir qadar hal qiladi, ammo u yo, yu, ya harflarining birikmali qo`llanishini aniq chegaralab bera olmaydi: yozuv amaliyotida sentabr va sentyabr, oktabr va oktyabr kabi so`zlarning ikki xil yozila boshlanganligi ham shundan bo`lsa kerak. Qolaversa, boksyor, buuro, slavyan, oktyar so`zlarining yozma shakllarida harflar miqdori fonemalar miqdoridan ortmoqda, demak, yozuvda fonetik-grafik asimmetriya yuz bermoqda, bu holni ham, yuqorida aytib o`tilganidek, ijobiy hodisa sifatida baholab bo`lmaydi.

6. Lotin-o`zbek yozuvida tutuq belgisi (’) va o‘, g‘ kabi bosma harflarning mavjudligi so`zlarning yozuvdagi optik-grafik tasvirini bir qadar dag`allashtirayotganligi ham shubhasiz. Qiyos qiling: g`o`r (rus-o`zbek yozuvida) — g‘ o‘ r (lotin- o`zbek yozuvida), g`o`za (rus-o`zbek yozuvida) — g‘o‘za (lotin-o`zbek yozuvida), bo`g`ma (rus-o`zbek yozuvida) — bo‘g‘ma (lotin-o`zbek yozuvida) kabi. Yuqoridagi tahlildan shunday xulosa kelib chiqadi: lotin-o`zbek yozuvining grafik tizimini shakllantirishda asosiy e`tibor uning milliylik pozitsiyalarini mustahkamlashga, yozuv texnikasidan, ayniqsa komp`yuter imkoniyatlaridan unumli foydalanishga qaratilgan, ammo yozuvning pedagogik-psixologik va estetik jihatlariga oid ayrim talablar bu jarayonda e`tibordan chetda qoldirilgan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.

  1. Шоабдураҳмонов Ш., Асқарова М., Ҳожиев А., Расулов И., Дониёров Х. Ҳозирги ўзбек адабий тили. — Тошкент : Ўқитувчи, 1980, — Б. 94-97. 52
  2. Фахри Камол. Ўзбек орфографияси ҳақида (ўқитувчиларга ёрдам ). — Т.: Ўқувпеддавнашр, 1957. — Б. 58. 53
  3. Гвоздев А.Н. Основы русской орфографии // Избранные работы по орфографии и фонетике. К 70- летию со дня рождения . — М.: Изд-во Академии Пед. Наук, 1963. — С. 70- 71.
  4. Абдураҳмонов Ғ. , Мамажонов С. Ўзбек тили ва адабиёти. — Т. : Ўзбекистон, 1995. — Б . 44-45. 55
  5. Фахри Камол. Ўзбек орфографияси ҳақида (ўқитувчиларга ёрдам ). — Т.: Ўқув пед. дав нашр, 1957. — Б. 58-62.