Срочная публикация научной статьи
+7 995 770 98 40
+7 995 202 54 42
info@journalpro.ru
Муминова Дилафруз Акбаралиевна
преподаватель Наманганского ИПКУНО
Наманган, Узбекистан
Muminova Dilafro`z Akbaralievna
Namangan VHTO`MOI o`qituvchisi
Namangan, O`zbekiston
O’QITUVCHINING PEDAGOGIK IJODINI SHAKLLANTIRISH VA TAKOMILLASHTIRISH YO’LLARI
Pedagogik faoliyatda ham sifat muhim ahamiyatga ega. O`qituvchi mehnatiga faqat uning o`z faoliyatiga qanchalik darajada ijodiy munosabatda bo`layotganligini aniqlash orqaligina xolis baho berish mumkin.
Pedagogik vaziyatlarning rang-barangligi, ulardan kelib chiqadigan vazifalarni tahlil etish va yechishga nisbatan turli yondashuvlarni taqozo etadi. Mutaxassisning pedagogik faoliyati ko`p jihatdan yangi pedagogik texnologiyalarni ijodiy o`zlashtirib, ulardan amalda unumli foydalanishdan iborat.
O`z-o`zidan ravshanki, bu ishni malakali o`qituvchigina uddalay oladi. Ammo, o`qituvchining pedagogik texnologiyalarni bilish darajasini pedagogik mahorat bilangina bog`lash to`g`ri bo`lmaydi. Ayni bir texnologiyani ko`plab pedagoglar qo`llashi mumkin, lekin jarayon hech qachon bir xil bo`lmaydi, natijalar ham kafolatlanadi. Moxir pedagog ijodi aynan pedagogik texnologiyalarga o`ziga Xos yondashuvdan iborat. Pedagogik texnologiya muayyan pedagogik g`oya asosida ishlab chiqiladi.
Ijod — bu mavjud tajriba hamda yangi bilim va ko`nikmalarning shakllanishi negizida yangilik yaratish bilan bog`liq faoliyatdir. Ijodning bir darajasiga mavjud bilimlardan foydalanish hamda ularni qo`llash sohasini kengaytirish xos bo`lsa, boshqa darajada ob’ektga nisbatan odatdagi munosabatni o`zgartiruvchi mutlaqo yangi yondashuv vujudga keladi.
Pedagogik faoliyat— bu muttasil ijod jarayonidir. Lekin boshqa sohalar (fan, texnika, san’at) dagi ijoddan farqli o`laroq pedagog ijodining maqsadi ijtimoiy jihatdan yangi hodisa yaratish emas, balki shaxsni rivojlantirishga qaratiladi. Albatta o`z ishiga ijodiy yondashadigan, novator pedagog o`z tajriba maktabini yaratadi, lekin mavjud pedagogik tajribalarni ijodiy o`zlashtirishga har bir o`qituvchi intilishi lozim. Pedagogik vaziyatlarni baholashdagi mustaqillik, tarbiyaning muayyan shakl, vosita va usullarini tanlay olish, voqealar qanday rivojlanishini oldindan ko`rib, ularni maqsadga yo`naltira bilish ijodiy xususiyatga ega bo`lgan kasbiy mahoratning muhim qismi hisoblanadi. Mutaxassis mahorati amaliy ko`nikmalar sintezi hisoblanib, kasbiy faoliyatida o`z ifodasini topadi.
Ayni vaqtda pedagogik ijodi shakllanayotgan, rivojlanayotgan o`quvchi shaxsi bilan bog`liq o`ziga xos xususiyatlarga ega bo`lib, o`z o`rnida mutaxassisning bu boradagi imkoniyatlari vaqt doirasida qat’iy cheklangan. Qoida tariqasida u bo`lajak darsning oqilona metodikasini tez tasavvur qilishi, lahzalar ichida yangi qaror qabul qilishi lozim. Ko`pincha vaziyatni tez tahlil etish va zudlik bilan harakat qilish talab etiladi.
Pedagogik ijodning mohiyati mustaqil harakat qilish va o`z faoliyatini ilmiy-pedagogik bilimlar nuqtai nazaridan o`zlashtirish qobiliyatida namoyon bo`ladi. Pedagogik ijodning muhim jihati shundan iboratki, u doim izchil, rivojlanuvchi xususiyatga ega bo`lib, o`qituvchi va o`quvchilarning o`zaro hamkorligiga imkoniyat yaratadi.
Bunda pedagogik ong o`qituvchida o`z bilimi va malakasini muttasil oshirib borish ehtiyojining mavjudligi bilan bog`liq juda ko`p masalalarni yechish uchun kalit bo`lib xizmat qiladi. Mazkur tushuncha o`quv rejalari va dasturlaridan foydalangan ta’limning maqsadlari va mazmuni, pedagogik g`oyalar va uslublarni amaliy faoliyatining muayyan shart-sharoitlari bilan taqqoslashni nazarda tutadi. Pedagogning o`z mahorati darajasini aniqlashi ijodiy, novatorlik xususiyatiga ega bo`lgan mustaqil kasbiy yondashuvning shakllanishi uchun mo`ljal bo`lib xizmat qilish lozim.
O`qituvchi o`z faoliyatini takomillashtirib, boshqa tayyorgarligini pedagogik tafakkur va ongning o`sishiga ta’sir ko`rsatuvchi muhim omillardan biri deb hisoblashi mumkin. Shaxsga ijodiy moyillikning zarurligining pedagog tomonidan anglangach, bu uning shaxs sifatida takomillashuviga zamin bo`ladi. Bunda psixologiya va pedagogika fani yutuqlari, ilg`or amaliyotni o`zlashtirishga mustaqil intilish, pedagogik mehnatning ijobiy mayllari, mavjud tajribalarni ijodiy o`zlashtirish o`qituvchining kasbiy o`sishi va mahoratiga ta’sir ko`rsatadigan asosiy omillar hisoblanadi.
Agar pedagog ijodkorligining ichki asoslarida bir qancha muhim ruhiy jarayonlar, chunonchi, uning shaxsiy holatlari, intuitsiyasi, zehni, o`ziga tanqidiy munosabati, mehnatsevarligining ta’siri katta bo`lsa, pedagog ijodining tarkibiy qismlariga bilim, dunyoqarash, pedagogik texnika va madaniyat kiradi. Ijodning tarkibiy qismlari pedagog shaxsi mazmuni va mohiyatining muhim ko`rinishi hamdir. Pedagog shaxsining madaniyati ijtimoiy qadriyatlarni yaratish natijasi va jarayoni hisoblanadi. Pedagogning ish amaliyotida kasbiy, ma’naviy va muomala madaniyatining mushtarakligi namoyon bo`ladi. Pedagogik ijod va pedagogik madaniyat uzviy bo`lib, kasbiy mahoratning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi.
— o`qituvchi shaxsining kasbiy xususiyatlari:
— g`oyaviy sohada: ilmiy dunyoqarash va e’tiqod; ijtimoiy ehtiyoj va axloqiy zaruriyatlarni chuqur tushunish; ijtimoiy-siyosiy faollik.
— pedagoglik kasbi sohasida: bolalarni sevish va ular bilan ishlashga qiziqish, pedagogik ishni va o`z kasbini sevish; ruhiy-pedagogik ziyraklik va kuzatuvchanlik, pedagogik takt, pedagogik tasavvur; tashkilotchilik qobiliyati; haqqoniylik, dilkashlik; talabchanlik; qat’iylik va maqsadga intilish; vazminlik; o`zini tuta bilish; kasbiy layoqatlilik.
Pedagoglik kasbini tanlagan kishi avvalo sog`lom bo`lishi, so`zlarni to`g`ri va yaxshi talaffuz qila olishi, asablari mustahkam, vazmin bo`lishi lozim. Shuningdek, bo`lajak o`qituvchi bolalarni sevishi, ular bilan ishlashga moyil, muloqotga kirishuvchan, xushmuomala, kuzatuvchan, mustaqil fikrli, talabchan bo`lishi zarur. Bu kasbiy sifatlarga ega bo`lgan o`quvchi-yoshlar oliy o`quv yurtini bitirgach, maktabda o`qituvchi sifatida samarali faoliyat ko`rsata oladi.
ADABIYOTLAR