Евразийский
научный
журнал
Заявка на публикацию

Срочная публикация научной статьи

+7 995 770 98 40
+7 995 202 54 42
info@journalpro.ru

O’SMIRLIK DAVRIDA DELINKVENTLIKNINIG SHAKLLANISHIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR

Поделитесь статьей с друзьями:
Автор(ы): Mo`minova Dilrabo Murodillayevna
Рубрика: Педагогические науки
Журнал: «Евразийский Научный Журнал №1 2020»  (январь, 2020)
Количество просмотров статьи: 1856
Показать PDF версию O’SMIRLIK DAVRIDA DELINKVENTLIKNINIG SHAKLLANISHIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR

Namangan davlat universiteti pedagogika fakulteti
Pedagogika- psixologiya kafedrasi o`qituvchisi
Mo`minova Dilrabo Murodillayevna
Pedagogika- psixologiya kafedrasi stajyor o`qituvchisi
Bobayeva Ziyoda Maxammadjanovna

Dunyoda diniy ekstrremizim, terrorizm, giyohvandlik, odam savdosi, noqonuniy migratsiya, “ommaviy madaniyat” kabi yovuz xavf-xatarlar insoniyat boshiga o`g`ir kulfatlar solayotgan hozirgi murakkab bir davrda yoshlar tarbiyasi masalasi yanada muhim ahamiyat kasb etayotgani hech kimga sir emas.

Albatta, bugunungi kunda yurtimizda yoshlarimiz qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg`usini kamol toptirish, ularni sog`lom turmush tarzi ruhida tarbiyalashga qaratilgan targ`ibot -tashviqot ishlari olib borilmoqda.

Ammo ochiq tan olishimiz kerakki , bu borada amalga oshirayotgan ishlarimiz hali yetarli darajada emas. Shunung uchun biz yoshlarimiz, ayniqsa uyushmagan yoshlar bilan ishlashga jiddiy e`tabor qaratishimiz zarur. Biz ular bilan ko`proq gaplashishimiz, qalbiga quloq solishimiz, muammolarini yechish uchun amaliy ko`mak berishimiz, eng asosiysi, aziz Yurtboshimiz Islom Abdug`aniyevich aytganlaridek, yoshlarga yo`lni keng ochib berishimiz kerak.[1.103.]

Fuqarolarni o`rnatilgan qonunlar va qoidalarga amal qilishini uyg’otishga yo`naltirilgan jamiyatning turli-tuman chora-tadbirlariga qaramay, ko`pchilik odamlar uni har kuni buzadilar. Ko`pincha ko`rinishidan to`la oddiy ko`ringan odamlar to`satdan jiddiy jinoyat sodir etganliklarini tushunish og’ir bo`ladi. Ko`p hollarda bu psixik jihatdan sog’lom shaxslar, shu jumladan yoshlar o`rtasida kuzatilayotgani achinarli xolatdir..

Qonunga qarshi harakatlar determinatsiyasini ko`rib chiqishda odatda, shunga o`xshash axloqni uyg’otuvchi tashqi sharoitlar va ichki sabablar yig’indisi haqida gapiradilar. Shubhasiz, har bir aniq holda omillarning noyob uyg’unligi o`ringa ega, shunga qaramay, delinkvent axloqning shakllanishida ba’zi umumiy tendentsiyalarini aniqlash mumkin.

Ijtimoiy sharoitlar qonunga qarshi axloqning sodir bo`lishida ma’lum bir rol o`ynaydi. Ularga dastavval ko`p darajali jamoatchilik jarayonlari taalluqlidir. Bu, masalan, zaif hokimlik va qonunchilikning mukammal emasligi, ijtimoiy kataklizmalar va hayot darajasining pastligi bo’lishi mumkin.

Delinkventlikni chaqiruvchi quyidagi mikroijtimoiy omillarni sanab o`tish mumkin:

— bolalarning nozik g’amxo`rlik va ota-onalari tomonidan mehribonligiga ehtiyoji frustratsiyasi (masalan, o`ta qattiqqo`l ota yoki yetarlicha g’amxo`r bo`lmagan ona) bolada erta jarohatli kechinmalarni uyg’otadi;

— oilada jismoniy yoki psixologik shafqatsizlik (masalan, jazoning haddan tashqari yoki doimiy qo`llanilishi);

— ma’naviy ongning me’yoriy rivojlanishini qiyinlashtiruvchi ota ta’sirining yetishmasligi (masalan, uning yo`qligi);

— jarohatli sharoitlar, og`ir jarohat (kasalllik ota-onaning o`limi, zo`ravonlik ajrashish);

— bolaning xohishlarini bajarishda erkalatish; ota-onalarning yetarli bo`lmagan talabchanligi, ularning o`sib boruvchi talablarni qo`yishga yoki ularning bajarilishiga erishishga noqodirligi;

— bolani o`ta rag’batlantirish — ota-onaga, aka-uka va opa-singilga juda ham jadal erta mehr-muhabbat ko’rsatish ;

— ota-onalar tomonidan bolaga nisbatan talablarning noadekvatligi oqibatida unda axloqning aniq tushunchasi paydo bo`lmaydi;

— ota-onalar (vasiylar) ning almashinuvi;

— ota-onalar o`rtasidagi surunkali aniq ko`zga ko`ringan nizolar (ayniqsa, shafqatsiz ota-onani do`pposlagan vaziyat xavfli);

— ota-onalarning istalmagan shaxsiy hislatlari (masalan, talabchan bo`lmagan ota va erkalatuvchi onaning uyg’unligi);

— bolaning o`rganish orqali oilada yoki guruhda delinkvent qadriyatlarni (ochiq yoki yashirin) o`zlashtirishi.

O`smir yoshida (12–17 yosh)gi qonunbuzarlik harakatlari anchagina anglangan va ixtiyoriy hisoblanadi. Ushbu yosh uchun “odatiy” buzilishlar — o’g’il bolalarda — o`g’rilik va bezorilik qizlarda — o`g’rilik va fohishabozlik bilan bir qatorda yangi shakllar ham keng tarqaldi — giyohvand moddalar va qurol bilan savdo-sotiq qilish, reket, qo`shmachilik, muttahamlik, biznesmen va xorij fuqarolariga tashlanish. 1998 yili 190 mingga yaqin voyaga yetmagan jinoyatchilar (qonunni buzuvchilarning umumiy sonini 10 foizi) ro`yxatga olingandi. Statistik ma’lumotlarga qaraganda o`smirlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning katta qismi guruh bo`lib amalga oshirilgan. Guruhda jazodan qo`rquv pasayadi, tajovuz va shafqatsizlik keskin kuchayadi, o`ziga va sodir bo`layotganlarga nisbatan tanqid susayadi. Guruhli qonunbuzarlik axloqining birmuncha yuqori ko`rsatkich namunasi futbol matchidan keyin yoshlar ko`pchilikni tashkil etuvchi ishqivozlarning “sayri” hisoblanadi.

O’smir xulq-atvorida ro’y beruvchi “og`ishlar” psixopatologik sindromlar (bir qancha-simptomlar yig`indisi)ning, yaqqol ko’zga tashlanuvchi belgilari quyidagilardan iborat:

Asabiylashish belgilari — tajanglik, intizomsizlik, o’qituvchilarga qo’pollik, urishqoqlik, chekishga ruju qo’yishlik, toksik moddalardan goho foydalanib turishlik, maktabdan qochishlik.

Disforik o’zgaruvchanlik belgilari — to’satdan kayfiyatning buzilishi, larzaga kelishi, affektiv, ya`ni hissiy zo’riqishdan forig`lik, ruhan yengillashish, tajovuzkorlik, bo’zg`unchilik.

Autizm, ya`ni individni o’zining atrofidagi odamlardan uzoqlashishi evaziga o’z kechinmalariga berilishdan iborat psixologik begonalashuv belgilari-bemaqsadlik, tuzalmas xulq-atvor buzilishining sabablariga:

— oila a`zolaridan birining qandaydir surunkali yoki og`ir dardga chalinganligi;

— oila a`zolaridan birining alkogol va narkotik moddalarga ruju qo’yganligi;

— oila a`zolaridan birining aksilijtimoiy xulq-atvorga egaligi;

— ota-onaning o’zaro munosabatlarida bir-birlarini tushunishga intilishning yo’qligi;

— ota-onalar o’rtasida muhabbat tuyg`usining etishmasligi;

— ota-onada o’zaro adovat saklanganligi;

— o’zaro munosabatlarda (ko’pincha otalarda) zug`umkorlik ifodalanishi, masalan, otaning onaga, otaning farzandlariga, ba`zan onaning jahl ustida o’z farzandlariga zug`um o’tkazishi va hokazolar kiradi.

Odatda, bunday oila yo to’liq bo’lmaydi, yoki nomaqbul oila ekanligani anglatadi. Bunday oilalarda doimo nizoli vaziyatlar ustuvorlik qilib, ularda urish-janjal hukmrondir. Ular bir-birlarini ayblash bilan ovora bo’ladilar.

Vaholanki, ushbu vaziyat bolaning ko’z o’ngida sodir etiladi, ko’pincha farzandlar ham bunday vaziyatning ishtirokchilariga aylanadilar.

Achinarli tomoni shundaki, o’z hissiy kechinmalarini boshqara olmagan ota yoki ona, ba`zan har ikkalasi notinchlik sabablari sifatida o’z farzandlarini ayblaydilar. Shu tariqa o’smir psixikasi “zaharlanib” boradi, asta-sekin uning ruhiy rivojlanishida, shuningdek, xulq-atvorida “og`ishlar” yuzaga keladi va shakllanishda davom etadi.

Taassufki, farzandlar ham ota-onalarining o’zaro nomaqbul munosabatlariga shu tariqa o’ziga xos “reaktsiya” ko’rsatadilar. Ushbu holat esa oila, maktab, mahalla ahli uchun “yangicha jonlanish kompleksi” ustida bosh qotirish kerakligini taqozo qiladi.

O’smirlar oiladagi noto’g`ri tarbiya, xususan nosog`lom munosabatlarning zarbasiga duchor bo’ladilar. Ushbu munosabatlarga nisbatan shaxsiy mulohaza, o’ziga xos “reaktsiya” zamirida ularning ruhiyati va ma`naviyatida turli xil kechinma, intilish, xohish, istak, hadiksirash hislari o’z ifodasini topadi.