Евразийский
научный
журнал
Заявка на публикацию

Срочная публикация научной статьи

+7 995 770 98 40
+7 995 202 54 42
info@journalpro.ru

Использование технологии проблемного обучения в профессиональной подготовке будущих специалистов

Поделитесь статьей с друзьями:
Автор(ы): Юлдашева Юлдуз Жавлиевна, Ҳасанова Норхол Раббимовна
Рубрика: Педагогические науки
Журнал: «Евразийский Научный Журнал №4 2017»  (апрель, 2017)
Количество просмотров статьи: 1874
Показать PDF версию Использование технологии проблемного обучения в профессиональной подготовке будущих специалистов

Юлдашева Юлдуз Жавлиевна,
Ҳасанова Норхол Раббимовна

Кашкадаринский ОИППКРНO, Узбекистан

Yuldasheva Yulduz Javliyevna,
Hasanova Norxol Rabbimovna

Qashqadaryo VXTXQTMOI o‘qituvchilari, O‘zbekiston

BO’LAJAK MUTAXASSISLARNI KASBIY TAYYORLASHDA MUAMMOLI O’QITISH TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH

Bugungi kunning asosiy maqsadlaridan biri yuqori malakali, raqobatbardosh, ma’naviy barkamol kadrlar tayyorlashdir. Ma’lumki, ta’lim sifatini ta’minlash o’quv-tarbiya jarayonida qo’llanilayotgan zamonaviy pedagogik texnologiyalarga bog’liq. Ayniqsa, pedagogik texnologiyaning muhim turi sifatida muammoli o’qitish texnologiyasidan o‘rinli va samarali foydalanish ta’lim-tarbiya jarayonida talabalar, ya’ni bo’lajak mutaxassislarning mustaqil fikrlashini rivojlantirishga, ijodiy qobiliyatini o‘stirishga katta ta’sir qiladi.

Muammoli o’qitish bu takomillashgan o’qitish texnologiyasi bo’lib, uning vazifasi faol bilish jarayoniga undash va tafakkurda ilmiy-tadqiqot uslubini shakllantirishdir. Muammoli o’qitish texnologiyasi talabalarga nafaqat ta’lim-tarbiya berish, balki ularning amaliy faoliyatini tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Amaliy faoliyat davomida talabalarda muloqotchanlik, mustaqil qaror qabul qilish, boshqarish, tahlil qilish, xulosa chiqarish, umumlashtirish, qonuniyatlarni shakllantirish, qo’lga kiritilgan bilimlarni yangi vaziyatga tatbiq etish ko’nikmalari rivojlanadi, tajribalar orttirish orqali kasbiy malakalari ham takomillasha boradi.

Muammoli o’qitish texnologiyasi vositasida o’qitish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: amaliy mashg’ulotlarning ta’lim-tarbiyaviy maqsadini belgilash; talabalarni kichik guruhlarga ajratish; muammoli vaziyatni ishlab chiqish; kichik guruhlarga taqsimlash; ishlash tartibi va vaqtini belgilash; talabalar topshiriqlarni mustaqil bajarishlari uchun tarqatma materiallar, yo’riqnomalar, ko’rsatmalar ishlab chiqish; ekspertlarni shakllantirish; muammoli jarayonni tashkil qilish va o’tkazish; natijalarni baholash.

Pedagogik amaliyotda qo’llaniladigan bunday texnologiyalar faol o’qitish texnologiyalari qatoriga kiradi. Bunda ta’limiy faoliyat ustuvorlik kasb etadi. Muammoli vaziyat, muammoli topshiriqlar talabalarga ta’sir ko’rsatishning kuchli vositasi hisoblanadi.

Muammoli o‘qitish mashg‘ulotlarini tashkil etish va o‘tkazishning muhim tomoni shundaki, bunda o‘qituvchi uning ham ta’limiy, ham tarbiyaviy vazifasini yaxshi anglab olgan bo‘lishi talab qilinadi. O‘qituvchi hech qachon talabalarga tayyor haqiqatni, ya’ni muammoning yechimini berishi kerak emas, balki ularga bilimlarni olishga turtki berishi, mashg‘ulotlarda va hayot faoliyatlarida zarur bo‘lgan axborot, voqea, vaqt va hodisalarni ongida qayta ishlashlariga yordam berishi lozim bo‘ladi. O‘qituvchi talabalarning o‘quv muammosini yechishdagi mustaqil ishlariga rahbarlik qilar ekan, bu bilan u talabalarda bilimlarga mustaqil erishish qobiliyatini shakllantiradi hamda gipoteza qo‘yish va uni isbotlash orqali yangi aqliy harakat usullarini topish ko‘nikmasini hosil qildiradi, diqqat va tasavvurlarini rivojlantiradi.

Ta’lim jarayonining bunday tashkil etilishi talabalarning nafaqat fanni yaxshi anglab o‘zlashtirishini ta’minlaydi, balki ularda nazariy va amaliy faollik, mustaqil erkin fikrlash, izlanish, bir masalaga ijodiy yondoshish, mas’uliyatni sezish, o‘z fikr-mulohazalarini batafsil ifoda etish, himoya qilish hamda isbotlashga, ilmiy adabiyotlardan unumli foydalanishga, ijodkorlikka undaydi.

Garchand muammoli o’qitish texnologiyasini ishlab chiqish ancha mehnat talab qilsa-da, lekin u bir qancha afzalliklarga ega:

birinchidan, bir marta tayyorlangan yaxshi namunaviy muammoli o’qitish texnologiyasidan bir necha yillar davomida samarali foydalanish mumkin;

ikkinchidan, ta’lim-tarbiya berishning muammoli o’qitish texnologiyasidan foydalanish talabaning bilimlarni mustaqil o’zlashtirishida juda qo’l keladi;

uchinchidan, turli vaziyatlarda mas’uliyatli qaror qabul qilish ko’nikmasini oshiradi;

to’rtinchidan, mazkur texnologiya tadqoqotchilik qobiliyatini namoyish qilish imkonini beradi;

beshinchidan, ushbu texnologiya natijasida guruh a’zolarida birgalikda fikrlash qobiliyati rivojlanadi.

Xulosa qilib aytganda, muammoli o’qitish texnologiyasi katta didaktik va tarbiyaviy ahamiyatga ega. Undan foydalanish ta’lim muassasalarida mashg’ulotlarni qiziqarli o’tishini ta’minlash bilan birga talabalarning o’quv faoliyatlari samaradorligini oshiradi, bo’lajak mutaxassislarni kasbiy qiziqishlarini orttiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

  1. Pedagogika. /prof. M.X.Toxtaxodjayevaning umumiy tahriri ostida.- Т.: „O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati” nashriyoti, 2010.- 400 b.
  2. Tolipov O’.Q., Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari.- T.: „Fan” nashriyoti, 2006.- 264 b.
  3. Shodmonova Sh. va boshq. Pedagogik texnologiyalar.- T.: „Fan va texnologiya”, 2011.- 148 b.