Евразийский
научный
журнал
Заявка на публикацию

Срочная публикация научной статьи

+7 995 770 98 40
+7 995 202 54 42
info@journalpro.ru

DAVLATNI BOSHQARISH, TA'LIM VA TARBIYA BERISHDA O'ZARO ISHONCH, ADOLAT VA TAYANCH PRINSIPLARINI QO'LLASH

Поделитесь статьей с друзьями:
Автор(ы): Husaynov Muxammadxo`ja Raxmonjonovich
Рубрика: Педагогические науки
Журнал: «Евразийский Научный Журнал №1 2020»  (январь, 2020)
Количество просмотров статьи: 1182
Показать PDF версию DAVLATNI BOSHQARISH, TA'LIM VA TARBIYA BERISHDA O'ZARO ISHONCH, ADOLAT VA TAYANCH PRINSIPLARINI QO'LLASH

Husaynov Muxammadxo`ja Raxmonjonovich
NamDU katta o’qituvchisi, Namangan, O`zbekiston.

Insoniyat yaratilibdiki ishonchga, adolatga va tayanchga muhtojligini yaqqol namoyon etib keladi. Inson tug’ulib voyaga yetadiki, o’ziga ota-onasini tayanch deb biladi. Shuning uchun inson o’z ota-onasiga xohlagan vaqtida suyanishi va ishonishi mumkinligini va uni o’ziga nisbatan adolatli ekanligini biladi. Inson doimo ota-onasini bilishi va tajribalariga tayanadi, undan ta’lim va tarbiya oladi. Demak ta’lim-tarbiya berishni asosi o’zaro insofli va adolatli prinsiplarga tayanib, o’z ta’lim beruvchisini himoyachi deb biladi. [1]Tarbiya-Muayyan,anq maqsad va jitimoiy tarixiy ruxda tarbiyalash asosida yosh avlodni har tomonlama tarbiyalash,ongi,xulq -atvori va dunyo qarashini tarkib topish jarayon hisoblanadi. Shu bilan birga, inson o’z tarbiyachisiga bo’ysunishini bildiradi, ya’ni tarbiyalanuvchi o’z ota-onasini harqanday buyruqlarini so’zsiz bajaradi, ya’ni u bajaruvchi vazifasini o’tayotgan vaqtda oqibati qanday tugashigaqaramay o’z ota-onasi uni doim himoya qilishiga ishonadi. [2] Ta’lim- o’quvchilarga nazariy bilimlarni berish asosida ulardan amaliy ko’nikma, malakalarini shakillantirish, ularni bilish qobiliyatlarini o’stirish, dunyoqarashlarini tarbiyalashga yo’naltirilgan jarayon hisoblanadi.Bunday jarayon tabiy bo’lib, inson ruhiyatida yaqqol namoyon bo’ladi. Demak, bundan shunday xulosa qilish mumkinki, insonni boshqarish va tarbiyalashda ishonch, adolat va tayanch prinsiplari asosiy ahamiyatga ega.

Tarixga nazar soladigan bo’lsak, Muso payg’ambar o’z qavmini ergashtirishda, avvalo, ularni ishonchini qozondi, ya’ni payg’ambar ekanligini dalillar asosida isbotladi. Misol uchun, Firavn qarorgohida sehrgarlarni yengib chiqdi. Shu bilan u ma’lum darajada kuchga va bilimga ega ekanligini bildirib xalq ishonchiga kirdi. So’ng bu ishonchni davomiyligini saqlash uchun xalqning Firavn zulmidan qutqardi, ishonch va adolat prinsiplarini qo’llagan holda u xalqning tayanchi ekanligini, unga va uni yaratuvchisiga doimo tayanish mumkinligini isbotladi. So’ngra xalqiga ta’lim berishni, ya’ni Tavrotni o’qitishni boshladi. Xalqi esa uni ta’limiga ergashib hozirga qadar Muso payg’ambar yonlarida bo’lmasada uning ta’limiga ergashib, bo’ysunib kelmoqdalar.

Bunga Iso payg’ambar misolida to’xtaladigan bo’lsak, Iso payg’ambar yoshligidanoq, otasiz dunyoga keladi, chaqaloqligida gapiradi, ulg’aygach esa odamlarni davolaydi. Bundan u xalq orasida o’z bilimi va salohiyati bilan hurmatga sazovor bo’ladi. Xalqini ishonchini qozonadi, o’z davrida xalqni ezayotgan mansabdorlarga qarshi borib o’z adolat prinsiplari bilan xalqni ishonchini davomiyligini saqlab qoladi, shu bilan u xalqni tayanchiga aylanadi. Shu jarayonda u Injildan ta’lim beradi, uning prinsiplarini to’g’riligini hozirgi kunda ham ko’rib turibmiz. Iso payg’ambar yonimizda bo’lmasa ham uning ta’limoti hozirga qadar saqlab kelinmoqda. Bunga Islomda butun dunyoda o’z ta’limotini keng yoygan Muhammad (sav) payg’ambarni ham misol keltirish mumkin. Muhammad (sav) payg’ambar ham oldingi payg’ambarlar kabi xalqni ishonchini qozonish uchun yetarli bilimga ega ekanligini isbotladi, bunga misol qilib, ularning mo’jizaviy qobiliyatga ega ekanliklariga ko’plab dalillar bor. Bunga to’xtalmaymiz, fikrimizning davomida u kishining adolat va ishonch prinsiplari yordamida xalqning tayanchiga aylanishlari va uning orqasidan xalqqa Qur’on ta’limotini singdirishlaridir.

Dunyoviy ta’limotlardan kommunistik ta’limotni oladigan bo’lsak ,bu ta’limot rahbari Lenin xalqni yorug’likka chiqarishda o’zini yetarli bilim va salohiyatga ega ekanligini to’ntarish ( ya’ni revolyutsiya orqali isbotladi ), xalq ishonchiga kirib o’z mavqeyini saqlab qolishi uchun adolat prinsiplarini qo’llab boylardan mol-mulklarini tortib olib kambag’allarga berdi va xalqni tayanchiga aylandi. Shuning uchun uning ta’limoti 70 yilgacha o’z o’limidan so’ng ham to’xtamadi.

Islomda adolat prinsplaridan biri deb iymon keltirgan harbir shaxs oldingi qilgan gunohlari qanchalik katta bo’lmasin kechib yuborilishi bo’ldi. [3]Yana bundan yana bir misol keltiradigon bo’lsak bobomiz Amr Temur ham xalqga bo’lgsn etiborlari cheksiz hisoblangan. Biron fikrni bildirishdan avval, xalqga murojat qilganlar,ularni fikrlarini eshitib so’ngra o’z fikrlarini bildirganlar.[4]Xalqni ma’nan boy bo’lishida uning asosiy negizi farzand deb bilganlar. Shuning uchun ham farzand tarbiyasida o’zlaridanda malakaliyroq insonga yani farzandlarining buvisiga ishonib topshirganlar.shunday ekan bizning o’zbek deb atalmish xalqimiz azal-azaldan ma’nan va axloqan boy xalq bo’lgan.[5]O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishish vaqtida oldinga qo’ygan maqsadlari millat tinchligi,xalq totuligi,yurt farovonligi,vatan ravnaqi uchun harakat qilgan va shu qarashlar bilan ozodlik sari qafam bosgan. Shunday buyuk yurt qurishga erishgan. Bizni shunday buyuk yurt qurishimizda bizdan avval yashab o’tgan va bu ozodlikni orzu qilib yashagan ota-bobolarimiz biz yashab turgan kunlarni ko’rolmadilar lekin bizga o’chmas buyuk tarixni va shunday buyuk yurtni barpo etib berdilar.Shunday osoishta kunlarda yashayotganimiga birinchi o’rinda sababchi bo’lgan inson birinchi prezidentimiz hisoblanadilar chunki ular bizga kelajagimizni qurishimiz uchun hatarsiz va ravon yo’lni qurib berdilar.Hozirgi kunda esa bizni tinchligimiz uchun kecha-yu kunduzni bedor o’tkazib biz yoshlar haqida qayg’urayotgan inson prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev hisoblanadilar. Bizni buyuk va rivojlangan davlatlar qatoriga chiqarish uchun,biz yoshlar zam talablariga javob beradigan keng-yorug’ va shinam joylarda taxshil olishimizga sharoid yaratmoqdalar.Yana bizning vatanimiz uchun judaham katta mexnat qilayotgan insonlar bu yani vatan himoyachilarimiz hisoblanadi. Birinchi prezidentimizni bir fikirlari bor edi."Biz osoishta tunlarda tinch orom olib yotgan vaqtimizda,minglab insonlar vatan sarxatlardida kunni-kun,tunni-tun demay hizmat qilmoqda"degan fikrlari taqsinga sazovor hisoblanadi.Bizni bu tinch kunlarga yetishimizda judda katta hizmat qilgan ota-bobolarimizni cheksiz hurmat va hotira bilan eslashimiz kerak.Shunday kunlarda bizni baxtli yashashimiz uchun zamin yaratib katgan insonlarga cheksiz hurmat bilan hotirlashimiz va ularni mehnatlarini qadriga yetib yashashimiz keran.O’zbekiston deb atalmish buyuk yurtda ko’zi quvonchga to’lgan yoshlar bo’lib yashashimiz bizning oliy baxtimiz hisoblan.Bu baxtli kunlarni qadriga yetib yashashimiz kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati .

  1. Pedagogika, D.I.Ro’ziyeva, M.H.Usmonova Toshkent nashriyoti 2013-yil.
  2. Milliy g’oya, K.Nazarov, Toshkent yangi asr nashir 2001-yil.
  3. Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch asari,Toshkent nashiyoti,2008-yil.
  4. Milliy g’oya,B.Umarov, Tishkent akademik nashriyoti, 2007-yil.